Qaroqchilik
Qaroqchilik (dengiz qaroqchiligi) (xalqaro huquqda) — ochiq dengizda savdo va fuqaro kemalarini xususiy yoki davlat kemalari tomonidan g’ayriqonuniy ravishda egallash, talon-toroj qilish yoki cho’ktirish. Urush vaqtida betaraf mamlakatlarning savdo kemalariga kemalar, suv osti kemalari va harbiy samolyotlarning hujumi ham Qaroqchilik hisoblanadi. Qaroqchilikka qarshi kurashning xalqaro normalari ochiq dengiz to’g’risidagi Jeneva konventsiyasida (1958) va BMTning dengiz huquqi konventsiyasida (1982) kodifikatsiyalangan.