Qashqadaryo
Qashqadaryo (quyi oqimida Maymanoqdaryo) — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Havzasining maydoni 12 ming km2. Daryo Tojikistonning Sug’d viloyatidagi Hisor tizmasining g’arbiy tarmog’i bo’lgan Obixunda tog’larining shimoliy yon bag’ridan, Tovtosh dovonidan 1,5 kilometr shimoli Sharqda, 2960 metr balandlikdan boshlanadi. Daryo o’ng irmog’i O’rtabuloqning (forob qishlog’i yonida) quyilishigacha Shinchasoy deb ataladi. Yuqori oqimida baland plato bo’ylab chuqur vodiyda oqadi. Daryo vodiysining bosh qismi ko’p joylarda tor. Vodiy yon bag’irlari ko’pincha tik, balandligi 50-120 metr. Yarg’ak irmog’i qo’shilgandan so’ng vodiy bir oz (100-200 metr) kengayadi. Shu yerdan daryoda qayir paydo bo’ladi (eni 100 metr, Dug’oba qishlog’i). Chiroqchidan pastroqda Hazratibashir qishlog’idan boshlab daryo suvi ariq va kanallarga olinadi. Qashqadaryoga sersuv bir qancha irmoqlar: jinnidaryo, Chiroqchidan 18 kilometr yuqorida Oqsuv, Tanhozdaryo, G’uzordaryolar quyiladi. Bu irmoqlar yuqori oqimida chuqur va tor vodiyda oqadigan tipik tog’daryolaridir. Qashqadaryoning o’ng sohil tomonidan uncha baland bo’lmagan Qoratepa tog’ining Janubiy yon bag’ridan 20 ga yaqin soy (Sho’robsoy, Makridsoy, Oyoqchisoy, Qalqamasoy va boshqalar) oqib tushadi. Tog’likdan tekislikka chiqqach, Daryo vodiysi kengayadi. Shu yerdan Daryo suvi butunlay sug’orishga olinadi. Qarshi cho’liga yetganda daryo tugaydi. Qor, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi Varganza qishlog’i yonida 14,1 m3/sekunddan (ko’p suvli yilda) 1,45 m3/sekundgacha (kam suvli yilda). Chiroqchi qishlog’i yonida yildagi eng ko’p suv sarfi 781 m3/sekunddan (ko’p suvli yilda) 21,4m3/sekundgacha (kam suvli yilda) bo’ladi. Yillik oqimining 64% mart — iyun, 11,7% iyul —sentabr, 24-27% oktyabr — Fevral oylarida oqib o’tadi. Yillik eng ko’p suv sarfi ko’proq jala yomg’irlari hisobiga tez o’zgarib turadi. Shunga ko’ra, to’linsuv davri (Fevral — iyul) sel tusini oladi. Daryo havzasidagi yerlarni suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chimqo’rg’on suv ombori, zarafshon daryosidan havzaga suv keltirish uchun eski Anhor va qarshi magistral kanallari qurilgan. Yuriy Ivanov.