Qayli g’ori

Qayli g’ori — tosh davriga oid makon. Turkmanistonning Bolxon viloyati hududida. G’or yaqinidan topilgan qabristonlardan ma’lum bo’lishicha, ilk neolit davri odamlari jasadlarni dengiz sohiliga ko’mishgan. Mayyit tanasiga qizil bo’yoq (oxra) sepilgan va chaqmoqtoshdan yasalgan pichoq qo’shib ko’mishgan. Undan tashqari, dengiz chig’anoqlaridan ishlangan marjonlar ham topilgan bo’lib, ular marhumning bosh kiyimiga taqilgan va o’ng boldiriga ham o’rab ko’milgan. Bu topilmalar G’arbiy Turkmanistonda baliq ovlovchilar va boshqalarning xilxonalari bo’lganidan guvohlik beradi.