Qisqich
Qisqich – ishlov berish vaqtida har qanday qismlarni mahkamlash yoki ularni bir-biriga mahkam bosish uchun, masalan, qirg’ich bilan ishlov berishda yoki burg’ulashda yoxud yopishtirishda qo’llaniladigan yordamchi asboblar turlaridan biri. Qisqichlar, odatda, metall yoki yog’ochdan tayyorlanadi. Masalan: dastgoh qisqichi va hokazolar.