Qurbaqalar qandoq qurillaydi?

Agar siz qachonlardir ariqqa yaqin joyda yashagan bo’lsangiz, qurbahalar xonishidan hayron qolgan bo’lsangiz kerak. Ular kechasi shu qadar qattiq qurillaydiki, uyqungizni qochirib yuboradi! Erkak qurbaqalar lat topganda qandaydir ovoz chiqaradi, kechalari eshitadigan va bizga yaxshi tanish bo’lgan qurillashlar modalariga tegishli. Bo’g’izdan otilib chiqayotgan bu xonishlardan kutilgan asosiy maqsad erkaklarining diqqatini tortishdir. Ular vaqvaqlashini faqatgina urchish davri bilan chegaralab qo’ymaydi. Bu davr tugagandan keyin ham ularning ovozi tinmaydi. Qurbaqa qanday qilib vaqvaqlagan ovoz chiqaradi? U havo yutadi, burun kavaklari va og’zini yopib, havoni og’iz va o’pkasi o’rtasida oldi-ortiga haydaydi. Bu tovush havo tovushlogich paychalardan o’tayotib, ularni tebranishga majbur qilganda chiqadi. Qurbaqalarning ko’p turlarida xaltachaga o’xshash rezonator (tebranishli sistema) lar bo’lib, ular og’iz bo’shlig’i bilan ulangan. Qurbaqa o’z xirgoyisini boshlaganda rezonator havoga to’lib shishadi. Bu shishuvchi xaltachalar vaqvaqlashga o’ziga xos ohang beradi. Aytgancha, Amerika ho’kiz qurbahasining ovozi ba’zan bir milya va undan ham oshiq chor-atrofga yoyiladi! Voyaga yetgan qurbaqaning o’pkasi bo’lgani bilan u bizdan butunlay boshqacha tarzda nafas oladi. U tomog’ini pastga tushirgancha burun kavaklari orqali og’zini havoga to’ldiradi. So’ng burun kavaklari yopiladi, Qqurbaha tomog’ini yana ko’taradi, shu yo’sinda havoni o’pkasiga yo’naltiradi. Qurbaqa ovqatni yutayotgan payti ko’zidan qanday foydalanishini bilasizmi? Ma’lumki, qurbaqalar o’z o’ljasini yopishqoq tili bilan tutadi. Hasharot tiliga yopishishi bilan ular tilini og’ziga tortadi. Qurbaqaning katta, bo’rtib chiqqan ko’zlari og’iz bo’shlig’idan faqat yupqa teri orqali ajralib turadi. Ko’zlar yopilgan payti ichkarisi do’mpayib chiqadi. Ya’ni hasharot qurbaqa og’ziga tushganda ichki do’mpak ovqatni tomog’iga zo’rlab tiqishga yordam beradi! Qurbaqalar inson uchun juda foydali, chunki ular hasharotlar bilan oziqlanadi.