Qushlar qancha tezlik bilan ucha oladi?

Odamlar ot yugurtirish va chopish bo’yicha musobaqalar uyushtiradi. Bu o’rinda tezlikni aniqlash oson: chunki start va finish chiziqlari mavjud hamda bir qancha hakamlar qo’lidagi sekundomeriga qarab turadi. Xo’sh, qushlar parvozining tezligini qanday aniqlash mumkin? Aksariyat qushlarning parvozi tezligini ifodalaydigan juda ko’p raqamlar e’lon qilingan, lekin olimlar orasida bu borada turli fikrlar mavjud va ular orasida bu raqamlarni noto’g’ri, deb hisoblaydiganlari ham bor. Masalan, Hindistonda jarqaldirg’ochning parvoz tezligi 100 kilometr-soatni tashkil etgan, Mesopotamiyada 162 kilometr-soatni ko’rsatgan. Yevropa lochinining tezligi sho’ng’iyotgan payti sekundomer bilan o’lchanganda 103-112 kilometr-soat bo’lgan. Ammo ko’pgina olimlar bu raqamlarga shubha qilishadi. Bir kuzatuvchi pochta kaptarini rekordchi, deb hisoblaydi, u tezligini 58 kilometr-soatga oshirishi mumkin. Qushlar parvozining tezligi haqidagi umum tan olingan raqamlar quyidagicha: Lochin bir soatda 40-50 kilometr masofani uchib o’ta oladi. O’rdak va g’ozlarniki unikidan sal kamroq, ular bir soatda 35-40 kilometrga uchadi. Yevropa jarqaldirg’ochining tezligi 35-40 kilometr-soatni tashkil etadi, oltin rjanka va motam kaptarining tezligi ham taxminan shuncha. Eng tezkor qush sanaladigan kolibrining tezligi 25-30 kilometr-soat atrofida. Chug’urchiqniki 20-25 kilometr-soatdir. Chumchuqlar, odatda, 15 kilometr-soat uchadi, umuman olganda, ularning tezligi 25-30 kilometr-soatga yetishi mumkin. Qarg’alar 10-15 kilometr-soat uchadi, ammo tezligini 20-30 kilometr-soatga ham oshira oladi. Qarqara va qirg’ovulning uchish tezligi 15-20 kilometr-soatni tashkil etadi. Yovvoyi kurkaning tezligi 10-15 kilometr-soat ekani g’alati. Soyka esa bir soatda 10-15 kilometr ucha oladi.