Quyosh

Quyosh – Quyosh sistemasidagi markaziy jism, Yerga eng yaqin yulduz (o`rtacha masofasi 149,6 mln.km), gazlardan iborat shar shaklidagi o`ta qizigan osmon jismi. Massasi Yer massasidan 332400 marta, diametri Yer diametridan 109 marta katta. O`z o`qi atrofida 25 yer yer sutkasida bir marta aylanadi. Yuzasida harorat +6000°; ichida esa 15 mln. darajaga yetadi. Quyosh energiyasining 2 mlrd. dan bir qismigina Yerga yetib keladi. Quyoshning issiqlik tarqatadigan yuza qatlami fotosfera deyiladi. Fotosfera ustida siyrak gazlardan iborat ikkita qalin qatlam – xromosfera va toj joylashgan; ultrabinafsha va radio nurlar ana shu ikki qatlamdan chiqadi.