Quyoshdagi dog’lar qaydan paydo bo’lgan?

Mashhur italyan olimi Galileo Galiley 1680 yili birinchi marta o’zi yasagan teleskop yordamida Quyoshda dog’lar borligini ko’rdi. Dog’lar teleskopdan Quyoshning oq gardishidagi qora teshiklarga o’xshab ko’rindi.

Quyoshdagi dog’larni havoning har bir ochiq kuni kuzatish mumkin. Ularning o’lchamlari o’zaro keskin farq qiladi. Ayrimlari uvoqday bo’lib ko’rinsa, boshqalarning o’lchami ancha kattadir. Bir marta olimlar uzunligi 150 000 km, eni esa 95 000 km kattalikdagi dog’ni kuzatishgan.

Munajjimlar dog’larning paydo bo’lishi Quyoshda yuz berayotgan elektromagnit jarayonlari bilan bog’liq ekanini aniq isbotlab berishgan. Unga ko’ra, dog’lar haddan ziyod elektrlashgan materiyaning ulkan girdoblari bo’lib, juft-juft holida Quyosh qa’ridan lotincha U harfi ko’rinishida otilib chiqadi. Dog’lar yuzaga kelishida hosil bo’lib otilib chiqqan elektr quvvati manfiy zaryadlangan zarralar tarami – elektronlar sifatida kosmik fazoga tarqaladi. Ulardan ayrimlari Yer atmosferasiga ham yetib kelib, turli hodisalar yuz berishiga sabab bo’ladi.

Shunday hodisalardan biri Shimol yog’dusidir. Bundan tashqari, elektronlar tarami radioto’lqinlar tarqalishiga halal beradi, atmosferaning yuqori qatlamlarida ozon qatlamining kattalashishiga sabab bo’ladi. Quyoshdagi aksariyat dog’lar paydo bo’lganining dastlabkki kunlaridayoq yo’qolib ketadi, lekin ayrimlari ikki oy va undan ham uzoqroq muddat saqlanib qoladi. Ular dastlab miqdoq jihatidan ko’payadi, keyinchalik esa kamayadi. Tsikllar 21 yildan sal oshiq muddat davom etadi. O’tgan asrning o’rtalaridan beri ular doimiy ravishd kuzatib turilibdi. Olimlar shu kungacha dog’larning va ularning inson hayotiga ta’sirini o’rganish bilan mashg’ul bo’lib kelishmoqda.