Radioelektronika

Radioelektronika — fan va texnikaning radiochastotali elektromagnit tebranishlar va to’lqinlardan foydalangan holda axborotlarni uzatish va o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan sohalari umumiy nomi. Ulardan asosiylari — radiotexnika va elektronika. Radioelektronika telegraf, telefon, fototelegraf aloqa, radioeshittirish, televidenie, radiolokatsiya, radioastronomiya, elektron avtomatika, hisoblash va boshqarish mashinalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari, tibbiyotda fizioterapiya va tashxis usullarni keng miqyosda qo’llash, kosmik qurilmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. 20-asr boshlarida radiolampalarning takomillashishi, triod lampasining yaratilishi elektr tebranishlarni hosil qiluvchi va kuchaytiruvchi radioelektron qurilmalar yaratish imkonini berdi. Keyinchalik elektr tebranishlarning chastota sohasi oshiriladigan ko’p elektrodli — tetrod, pentod, geksod va geptod radiolampalari yaratildi. Vakuum texnikasintsnt taraqqiyoti natijasida fotoelement yasaldi, uning yordamida esa ovozli kino paydo bo’ldi. 50-yillarga kelib, yarimo’tkazgichlar elektronikasi tez taraqqiy etishi bilan yarimutkazgichli asboblar — diod va triod (tranzistor)lar asosida ishlaydigan ixcham hamda qulay radioelektron qurilmalar yaratildi. Texnika taraqqiyoti va kosmik fazoni zabt etish vazifalariga oid ehtiyojlarni krndirish uchun yangi mikrosxemalar yaratildi. Bundagi aktiv elementlar — yarimutkazgichli diod va tranzistorlar o’ta mitti shaklda yasalib, passiv elementlar — resistor (karshilik) va kondensatorlar vakuumda yupqa metall pardalar hosil qilish usuli bilan tayyorlanadi va ular juda kichik satxda montaj qilinadi. Mikroelektronikada mikrosxema elementlarining zichligi juda katta (1sm3 ga 300 — 400 detal to’g’ri keladi). Fanning turli sohalari asosida Radioelektronikaning yangi tarmoqlari — kvant elektronika, optoelektronika, tranzistorlar elektronikasi, mikroelektronika, kriogen elektronikasi, dielektriklar elektronikasi, moletronika, bionika, elionika va ionika vujudga keldi.