Rahimov Abdusattor

Rahimov Abdusattor (1920.20.12 Namangan -1992.2.6) — 2-jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1941 yildan armiyada. 114-o’qchi polki (Voronej fronti 38-armiyaning 340-o’qchi diviziyasi)ning to’pchisi. 1943 yil 11 sentabrga o’tar kechasi dushmanning kuchli o’q yomg’iri ostida Kiyev viloyatining Vishgorod rnidagi Borki qishlog’i yaqinida Dnepr daryosini birinchilardan bo’lib kechib o’tgan. 1944 yil 10 yanvarda qahramon unvoni berilgan. Urushdan so’ng Namangan shahrida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Namangan shahridagi ko’chalardan biri Rahimov nomi bilan atalgan.