Rahimov Kamoliddin
Rahimov Kamoliddin (J943. 12. 1, Namangan) — xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1983). Jarangdor va kuchli ovoz sohibi. Ashula yo’llarini dastlab Vahobjon Abdullaevdan o’rgangan. Toshkent madaniyat institutini tugatgan (1987). Namanganda madaniyat uyi qoshidagi Usta Ro’zimatxon nomidagi ashula va raqs ansamblida xonanda, musiqa rahbari va badiiy rahbar (1960-71), Alisher Navoiy nomidagi viloyat teatrida yakkaxon xonanda (1972-98). Repertuaridan mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari («Bayot», «Ushshoq», «Girya», «ko’cha bog’i», «Qalandariy», «Kuygay» kabi) hamda kuylarini o’zi yaratgan asarlari («kul, azizim», «Mengarahm ayla», «hargiz», «Kelmaganingda», «Mastonamastona», «Parvona qilsangiz», «ona madhi» va boshqalar) o’rin olgan. Ijro uslubiga lirik talqin, so’z bilan ohangdagi uyg’unlik xos. O’zbektelefilm studiyasida uning ijodiga bag’ishlangan «dil taronasi» filmi suratga olingan (1982). Rahimov ijrosidagi ashulalar bir nechta grammplastinka («Kamoliddin Rahimov kuylaydi», 1966-1972; «Nargiz», 1980; «bulbul», 1983; «ul yor qo’lida ko’za», 1987) hamda kompakt disk («Qaydasan» 2002) ga yozilgan. Rahimov Navoiy, Bobur, Mashrab, Mahtumquli va boshqa mumtoz shoirlar asarlariga ashulalar turkumlarini 20 dan ziyod audiokassetaga to’plab yozdirgan. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).