Rahimov Toshpo’lat Qayumovich

Rahimov Toshpo’lat Qayumovich (1950.15.12, Shahrisabz tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). SamDU ni tugatgan (1973). 1973 yildan Shahrisabz tumanidagi 39, 37, 1976 yildan 30-maktabda fizika va informatika o’qituvchisi. Maktabda fizika va informatika fani xonasini zamon talabiga mos darajada jihozlagan. Ta’lim berishda noan’anaviy dars usullaridan foydalangan.