Rahmatullayeva Shafoat

Rahmatullayeva Shafoat (1941.4.1, Qo’qon) — O’zbekiston xalq artisti (1992). Qo’qon teatrining aktrisasi (1963-65; 1971-75; 2000 yildan), 1965— 71 yillar Jizzax, 1975-2000 yillar Sirdaryo teatrlarida aktrisa. Rahmatullayeva keng diapazonli aktrisa bo’lib, musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilib keladi: maysara (Hamza, «Maysaraning ishi»), narzi (Z. Fatxullin, «Vatan ishqi»), poshsha xola, Zebo (M. Boboev, «Qaydasan, jon bolam», «Yer tomiri»), Gonorelya (U. Shekspir, «Qirol Lir»), Zuhra (A. Qahhor, «og’riq tishlar»), Jurden xonim (Moler, «soxta oqsuyak»), tosh xola (J. Mahmudov, «ayollar faryodi»), Ma’mura kampir (Jan Sarron, «Ma’mura kampir») kabi rollari bilan tanildi. 1995 yil Poshsha xola va Ma’mura kampir rollari uchun yilning «eng yaxshi ayol roli» sovrini bilan taqdirlandi.