Rahimov Vahob
Rahimov Vahob (1934.26.12, Samarqand) — konchi olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), texnika fanlari Doktori va professor (1972). O’rta Osiyo politexnika institutining konchilik fakultetini tugatgan (1957). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi konchilik bo’limida ilmiy xodim, Toshkent politexnika institutida (hozirgi ToshTU) dotsent (1963 yildan), kafedra mudiri (1968 yildan), fakultet dekani (1969 yildan). 1984-90 yillarda prorektor, kafedra mudiri (1990 yildan). Asosiy ilmiy ishlari konlarni qazib olish natijasida tog’jinslari massivida geomexanik jarayonlarning o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash, tabiiy va texnogen konlarning mineralxom ashyo potentsialidan to’la va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan ekologik toza texnologiyalarni yaratish va qo’llash hamda konchilik ishlarida elektronoptik asboblar va sun’iy yo’ldoshlar orqali zamonaviy marksheyderlik texnologiyalarni qo’llashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muammolariga bag’ishlangan. As: Osnovi razrabotki melkomas-shtabnix zolotorudnix mestorojdeniy Kizilkumov, T., 2000.