Rahimova Shahodat
Rahimova Shahodat (1919.5.1 1979.8.12) — aktrisa, xonanda (dramatik soprano). O’zbekiston xalq artisti (1940). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1951). Ijodini Andijon teatrida boshlagan (1932-39). Gulsara (K. Yashin, «Gulsara»), Gulchehra (U. Hojibekov, «Arshin mololon»), Shirin (Xurshid, «Farhod va Shirin») kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan. 1939-53 yillar Navoiy teatrida, 1953 — 58 yillar Mukimiy teatrida, 1959-78 yillar O’zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. Norgul (M. Ashrafiy, «Bo’ron»), Jamila (O. Chishko, «Mahmud Torobiy»), oq Junus (E. Brusilovskiy, «Yer Targ’in»), Layli (T. Sodiqov, R. Glier, «Layli va Majnun»), Polina (P. Chaykovskiy, «qarg’a motkasi») kabi opera partiyalarini, Zuxra (S. Abdulla, T. Jalilov, «Tohir va Zuxra»), Nurxon (K. Yashin, T. Jalilov, «Nurxon»), Shirin (Xurshid, Yu. Rajabiy, «Farhod va Shirin»), obida (S. Abdulla, T. Jalilov, «Muqimiy»), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, «Aziz va Sanam») kabi musiqali dramalardagi rollari yuksak ijrosi, o’tkir psixologik talqini bilan ajralib turadi. Rahimova shuningdek, «Ey dilbari jononim», «Ushshoq», «Sallamno», «Samarqand ushshog’i» kabi ashulalari bilan xalq orasida mashhur bo’lgan. «Qasam» (Saodat), «yoqut yulduzlar» (Xayri) kabi filmlarda suratga tushgan.