Rahmat Fayziy
Rahmat Fayziy (taxallusi; asl ism-sharifi Fayziyev Rahmat, 1918.10.9 — Toshkent — 1988.18.11) O’zbekiston xalq yozuvchisi (1978), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi», 1937) va «yosh leninchi» (hozirgi «Turkiston», 1938) gaz.etalarida ishlagan. 2-jahon urushi qatnashchisi «Frunzeves» (1943), «Qizil O’zbekiston» (1944) gazetalari va «Sharq yulduzi» jurnali (1951-54)da bo’lim mudiri, «O’zbekiston madaniyati» gazeta (1957— 59) va «O’zbekfilm» kinostudiyasi (1962— 65)da bosh muharrir. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi o’rinbosari (1965-74), Butunittifoq mualliflik huquqi O’zbekiston bo’limi boshlig’i (1974-88). Rahmat Fayziyning «to’y taraddudi» deb nomlangan 1-hikoyasi 1948 yilda e’lon qilingan. Shundan keyin uning «To’yona», «ulg’ayish» (1950), «Birinchi bahor» (1951) hikoya va ocherklar to’plamlari nashr etilgan. «Cho’lga bahor keldi» (1951) dastlabki qissasi qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish mavzuiga bag’ishlangan va adabiy jamoatchilik e’tiborini qozongan. Keyinchalik yozuvchi ushbu asarni qayta ishlab, uni 1972 yilda roman tarzida nashr etgan. «Povest va hikoyalar» (1954), «shohi darparda» (1958), «kishilarimiz qissasi» (1962) singari ocherk, hikoya va qissalardan iborat go’plamlari ham bor. Uning «Sen yetim emassan» kinoqissasi (1960) asosida kinorejissyor Sh. Abbosov tomonidan suratga olingan shu nomdagi filmi katta shuhrat qozongan. Yozuvchi ushbu kinoqissa ustidagi ijodiy ishini davom ettirib, urush yillarida 14 yetim bolani o’z bag’riga olgan va ularga mehrmuruvvat ko’rsatgan kishilar jasoratiga bag’ishlangan «Hazrati inson» romani (1970)ni yaratdi. O’zbek xalqiga xos mehr-muhabbat va bag’rikenglik keng epik planda tasvirlangan bu asarda o’zbek adabiyotining insonparvarlik mohiyati o’zining yorqin ifodasini topgan. Rahmat Fayziy, shuningdek, «yoryor» filmi stsenariysi va bolalarga bag’ishlangan «birinchi xat» (1954), «hayotning tug’ilgan kuni» (1953) va b. hikoyalar muallifi. Toshkent sh.dagi ko’chalardan biri Rahmat Fayziy nomi bilan ataladi. Ac: tanlangan asarlar [3 j.li], 1— 3j.lar, T., 1970-72. Ad.: Mirzayev I., Rahmat Fayziy, T., 1974.