Rama

Rama — 1) mashina yoki qurilmalarning tok tushadigan asosiy ko’tarish qismi. Avtomobil, traktorlarda Kuzov va barcha agregatlar (dvigatel, kuch uzatmasi va boshqalar) Ramaga o’rnatiladi. Avtomobil Ramasi, asosan, ikkita bo’ylama balka va ularni biriktiruvchi ko’ndalang bruslardan iborat. Ayrim yengil va maxsus avtomobillarda bitta bo’ylama balkadan iborat markaziy Rama ishlatiladi; bunda asosiy agregatlar kronshteyn va ko’ndalang bruslar yordamida mahkamlanadi; 2) elementlari (ustunlari, rigellari) bir-biriga bikr mahkamlangan sterjenlar tizimi; masalan, baland binolar, zavod tsexlari va boshqalarning karkaslari, stanok Ramasi.