Rasulov Botir

Rasulov Botir (1948.30.4, Toshkent viloyati Yangiyul shahri) — dirijyor, sozanda (g’ijjak). O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1987). Toshkent konservatoriyasini g’ijjak ijrochiligi (1971) hamda opera-simfonik dirijyorligi (1979) ixtisosliklari buyicha tugatgan. O’zbek davlat filarmoniyasida sozanda (1971-74), Madaniyat institutida o’qituvchi (1974— 79), Toshkent operetta teatrida dirijyor, bosh dirijyor va badiiy rahbar (1979 yildan), ayni paytda O’zbekiston davlat konservatoriyasida o’qituvchi (1979 yildan), dotsent (2001 yildan), O’zteleradiokompaniyaning Doni Zokirov nomidagi xalq cholg’ulari orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (2000-2002). Dirijyor repertuaridan L.Betxoven, G.Berlioz, P.Chaykovskiy, I.Brams, M.Tojiev, M.Mahmudov va boshqa kompozitorlar asarlari o’rin olgan. Rasulov o’zbek kompozitorlari (S.Yudakov, G’.Qodirov, F.Nazarov va boshqalar) hamda jahon mumtoz (I.Brams, P.Sarasate, N.Paganini) asarlarini g’ijjakda ijro etib grammplastinkaga yozdirgan.