Rau (Rau) Yoxannes

Rau (Rau) Yoxannes (1931.16.1, Vuppertal) — Germaniya davlat arbobi. Kyoln shahridagi kitob savdosi maktabini tugatgan (1952). 1952 yildan «Umumnemis xalq partiyasi», 1957 yildan Germaniya sosialdemokratik partiyasi (GSDP) a’zosi. 1968 yildan GSDP boshqaruvi, 1978 yildan Prezidiumi a’zosi. 1969-70 yillarda Vuppertal shahri oberburgomistri. 1977 yil Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeri sotsial-demokratlar partiyasi tashkiloti raisi, 1978 yil sentabrdan shimoliy Reyn-Vestfaliya yeri bosh vaziri. 1982 yildan GSDP raisi o’rinbosari. 1998 yildan Fridrix Ebert nomidagi jamg’arma boshqaruvi raisi o’rinbosari, 1999 yil 23 maydan Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti.