Rekviem

Rekviem (lotincha reguiem — orom, tinchlik) — marxumlar xotirasiga bag’ishlangan messa turi, diniy musiqa janri, lotin matnlariga aytiladigan vokal yoki vokal cholg’u turkumi. Tantanavor Messadan ba’zi («Gloria», «Credo») qismlarining o’rniga boshqa («Reguiem aeternam» — «abadiy orom», «Dies irae» — «Qiyomat» kabi) qismlarning kiritilishi bilan farqlanadi. Qayg’uli, motamsaro xarakterga ega. Dastlab bir ovozli Grigorian xorali kuylariga asoslangan. 15-asrdan ko’p ovozli xor polifonik asari (G. Dyufai, Y. Okegem, O. Lasso, J. Palestrina), 17-asrdan xor, yakkaxon xonandalar va orkestr uchun gomofoniya uslubidagi yirik asar sifatida rivoj topdi. V. A. Mosart, G. Berlioz, J. Verdi, I. Brams Rekviemlari mazkur janrining eng mashhur namunalaridir. 20-asr kompozitorlari (I. Stravinskiy, A. Shnitke va boshqalar) diniy (lotin) matnlari qatori zamonaviy shoirlar she’rlaridan ham foydalanishgan (masalan, B. Brittenning «Harbiy Rekviem»i). O’zbekistonda Rekviem janriga M. Burhonov («abadiy xotira», 1996), F. YanovYanovskiy («Rekviem», 1997)lar murojaat qilishgan.