Reygan (Reagan) Ronald Uilson
Reygan (Reagan) Ronald Uilson (1911.6.2, Illinoys shtatining Tampiko shahri) — AQShning 40-prezidenti (1981— 89), Kaliforniya shtati gubernatori (1967-75), aktyor (1937-67), kinoaktyorlar kasaba uyushmasi Prezidenti (1947). Reygan ma’lumoti bo’yicha iqtisodchi va sotsiolog. Reygan ish faoliyatini turli radiostantsiyalarda sport sharhlovchilikdan boshlab, 30 yil Gollivudda aktyor bo’lib ishlagan. 1962 yildan Respublikachilar partiyasi a’zosi. Shu partiya tomonidan Kaliforniya shtati gubernatori lavozimiga saylangan. Reygan «konservativ inqilob» siyosatini e’lon qilib, 70-yillarda yuz bergan iqtisodiy muammoni hal qilish yo’llarini ko’rsatdi, u tarixda «reyganomika» deb nom oldi. Unga ko’ra, soliqlarning miqdori kamaytirilgan, investitsiyalarga to’siq bo’lgan davlat yo’riqnomalarini bekor qilish yoki ixchamlashtirish va shu yo’l bilan iqtisodning o’sishini ta’minlash ko’zda tutilgan. Soliqlar birinchi yili 25% qolgan 2 yil mobaynida 10%dan kamaytirilgan. Reygan tashqi siyosatda Afg’onistonga bostirib kirgan Sovet Ittifoqiga nisbatan «yovuzlik imperiyasi» siyosatini o’tkazdi. 1983 yilda Grenada oroli bosib olindi, 1986 yilda Liviya havodan bombardimon qilindi.