Rishton svitasi

Rishton svitasi — Farg’ona botig’i va Hisor tog’larining Janubi g’arbida tarqalgan stratigrafik birlik. Rishton qishlog’i nomiga qo’yilgan. O.S.Vyalov tomonidan ajratilgan (1935). Kesmasining pastki qismi — 4 neftli qatlam ohaktosh, qumli ohaktosh, qumtosh, chig’anoqtosh va mergellardan iborat. Qalinligi 15 metrgacha. Unda ikki tavaqali mollyuskalar va Gastropodalarning toshqotgan qoldiqlari uchraydi. Kesma ustki qismini qalinligi 30 metrga yetadigan chig’anoqtoshlar qatlamchalariga ega alevritli gillar tashkil etadi va ularda ikki tavaqali mollyuskalar, gastropodalar va foraminiferalarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. Rishton svitasining umumiy qalinligi 45 metrga yetadi, ostida turki ston, gulizindon svitalari muvofiq yotadi va Isfara svitasi bilan yoki ba’zi joylarda yuvilgan neogen qatlami bilan qoplangan. Tarkibida: 1) Liostrea simplex, 2) Platigena asiatica, 3) Chlamys turgaicus qatlamlari ajratilgan. Yoshi o’rta Eosen bo’limi (Barton yarusi)ga mansub. Stratifafik ahamiyatga ega.