Richardson (Richardson) Ruen Uillans

Richardson (Richardson) Ruen Uillans (1879.26.4, Dyusberi, Yorkshir — 1959.15.2, Elton, Gempshir) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1913 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1900). Ilmiy ishlari termoelektron emissiyaga bagishlangan. Termoelektr emissiyadagi tok zichligining metall sirtidagi temperaturaga bog’liqligini topgan (1901). Fotoelektr effekt, magnetizmga oid ba’zi masalalar, kvant nazariya, spektroskopiya, rentgen nurlari fizikasi va boshqalarni o’rgangan. Nobel mukofoti laureati (1928).