Riflar
Riflar — shimoliy Marokashning tog’li viloyatidagi barbarlar. 1,25 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Barbar tilida so’zlashadilar. Ikkinchi til — Arab tili. Dindorlari — sunniy musulmonlar. 18-asrning boshlarida Riflar arablar tomonidan bosib olindi. Ular 17-18-asrlar, ayniqsa, 19-asr va 20-asrning boshlarida frantsuz va ispan mustamlakachilari tomonidan asoratga solingan. 1921-26 yillar mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik kurashi olib borib rif Respublikasi tuzishgan. Asosan, dehqonchilik bilan shug’ullanadilar.
O‘xshash so‘zlar
- Riflar
- Rift
- Riftin Vladimir Aleksandrovich
- Riga
- Riga qo’ltig’i
- Rigel, Orionrsi
- Rigorizm
- Rijov Sergey Nikolayevich


