Risa, katta Risa

Risa, katta Risa — Kavkazning g’arbiy qismidagi ko’l. Lashipse daryosi vodiysi (Abxaziya)da, Gagra tizmasidan sharqda, 950 metr balandlikda. Maydoni 1,49 km2, uzunligi 2,5 kilometr, eng serbar joyi 1,05 kilometr, o’rtacha chuqurligi 63 metr, eng chuqur joyi 116 metr. Ko’l va atrofining go’zal tabiati ko’plab turistlarni jalb qiladi. Risa Qora dengiz sohilidagi kurortlar bilan shosse yo’l orqali bog’langan. Ko’l yoqasida mexmonxona va pansionat bor. Risa yaqinida kichik Risa ko’li (maydoni 0,2 km2) joylashgan.