Rish Mark Arnoldovich

Rish Mark Arnoldovich (1918.15.10, Xarkov) — biokimyogar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1987), biologiya fanlari Doktori (1965), professor (1966). O’zduning biologiya fakultetini tugatgan (1940). SamDUda assistant (1944-1952). Samarqand O’qituvchilar institutida katta o’qituvchi (1952-54). Qorako’lchilik ilmiy tadqiqot instituti biokimyo laboratoriya mudiri (1954-66), SamDU ilmiy ishlar bo’yicha prorektori (1966— 75), kafedra mudiri (1972-93). Ilmiy ishlari mikroelementlar biokimyosi, biogeokimyoviy provintsiyalar, molekulyar genetikaga oid.