Rishele (Richelien) Arman Jan dyu Plessi
Rishele (Richelien) Arman Jan dyu Plessi (du Plessis) (1585.5.9 — Parij — 1642.4.12) — frantsuz davlat arbobi, kardinal (1622 yildan). 1624 yildan Qirollik kengashi rahbari, amalda Frantsiya hokimi. Absolyutizmni mustahkamlash yo’lida ko’p sa’y-harakatlar qilgan. Gugenotlarni siyosiy huquqlardan mahrum etgan; ma’muriy, moliyaviy, harbiy islohotlar o’tkazgan; feodallarning isyonlari, xalq qo’zg’olonlarini bostirgan. Tashqi siyosatda Gabsburglar bilan kurashishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Frantsiyani O’ttiz yillik urush (1618-48)ga tortgan «Siyosiy vasiyatnoma» asarida frantsuz absolyutizmi siyosatining asosiy tamoyillarini bayon qilgan. Rishele frantsuz mumtoz adabiyoti va san’ati taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. Frantsiya akademiyasiga asos solgan.
O‘xshash so‘zlar
- Rishe (Richet) Sharl
- Rishton
- Rishton neft-gaz koni
- Rishton svitasi
- Rishton tumani
- Risling
- Risorjimento
- Risqiyev Rufat Asadovich


