Risorjimento
Risorjimento (italyancha Risorgimento, aynan — uyg’onish) — italyan xalqining chet el hukmronligiga qarshi va parchalangan Italiyani birlashtirishga qaratilgan milliy ozodlik harakati. Shuningdek, ushbu harakat sodir bo’lgan davr: 18-asr oxiri — 1861 yil; Risorjimento 1870 yil Italiya qirolligiga Rimni qo’shib olinishi bilan yakunlangan. Risorjimentoning eng muhim voqealari — 1848-49, 1859-60 yillardagi inqilob; Risorjimentoga rahbarlik qilish uchun respublikachi demokratlar (yetakchilari J. Madzini, J.Garibaldi va boshqalar) va liberallar (yetakchilari K.Kavur va boshqalar) oqimlari o’zaro kurashganlar. Liberal oqim ustun kelib Italiya konstitusion monarxiya shaklida birlashtirilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Risqiyev Rufat Asadovich
- Risqiyev To’xtapo’lat Tursunovich
- Risqulov Turor
- Ritm
- Ritmik gimnastika, aerobika
- Riton
- Ritor maktabi
- Ritorika


