Rivojlanish biologiyasi
Rivojlanish biologiyasi – biologiyaning hayvonlar va o’simliklarning individual rivojlanish (ontogenez) va harakatlantiruvchi kuchlari mexanizmlarini o’rganadigan bo’limi. Rivojlanish biologiyasi 20-asr o’rtalarida embriologiya asosida, bu fanning tsitologiya, Genetika, fiziologiya va molekulyar biologiya bilan chegarasida vujudga keldi. Bu fanlar sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar individual rivojlanishda genetik axborotning amalga oshirilishi: sujayralar, to’qimalar va organlar ixtisoslashuvining molekulyar-genetik asoslari; hujayralarning o’zaro ta’siri va rivojlanayotgan organizmning bir butunligini ta’minlaydigan jarayo’nlarning boshqarilish mexanizmlari, normal va o’smali o’sishning molekulyar mexanizmlari va boshqa fundamental muammolarni yechishda turli xil yondashishlar va usullarni birlashtirish imkonini berdi. Ad.: Zussman M., Biologiya razvitiya, Per. s angl. M., 1997.