Rojasthonlar

Rojasthonlar — Hindistondagi xalq. Rojasthon shtatining tub aholisi (19,9 million kishi, 1990-yillar o’rtalari). 400 ming kishi Pokistonda yashaydi. Hinderon guruhiga mansub tilda so’zlashadilar. Dindorlari — asosan, hinduizm (Islom va Jaynizm diniga ham)ga e’tiqod qiladilar. Rojasthonlar savdo-sotiq, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik (matolarni bo’yash, qog’oz tayyorlash, charm buyumlar ishlab chiqarish, metallga ishlov berish), zargarlik, kulollik, suyak va tosh o’ymakorligi bilan shug’ullanadi. Rojasthonlarning o’ziga xos boy ma’naviy madaniyati, me’morligi, rangtasvir san’ati, xalq badiiy ijodiyoti mavjud.