Romanova Valentina Nikolayevna

Romanova Valentina Nikolayevna (1938.20.9, Moskva viloyati Ximki shahri — 2003.14.4, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Toshkent madaniyat institutini (1992) tugatgan. 1955-57 yillar Navoiy teatrida balet raqqosasi, 1957-78 yillar «Bahor» davlat ashula va raqs ansamblining yakkaxon raqqosasi, 1978-82 yillar baletmeysteri. Uning ijrosidagi «Qo’g’irchoq», «jonon», «Farg’onacha rez», «Zang», «Andijon polkasi», «cho’pon», «Xorazmcha raqs», «pilla», «rohat», «Kashtado’zlar», «Salom» kabi raqslar o’zining sho’xchanligi, harakatlarining tez va aniqligi, o’zbek raqs maktabi texnikasining ustasi ekanligi bilan ajralib turadi. Madaniyat instituti va Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagoglik qilgan (1996 yildan dotsent). M. Turg’unboyeva bilan birgalikda Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1973).