Romanovskiy Gennadiy Danilovich

Romanovskiy Gennadiy Danilovich (1830.30.7 — Peterburg — 1906.5.5) — rus geologi. O’rta Osiyo geologiyasining ilk tadqiqotchilaridan. 1874 yil O’rta Osiyoga kelib, I. V. Mushketov bilan birga O’rta Osiyoning geologik tuzilishini o’rgangan, stratigrafiyasini tavsiflagan. Kumir konlari bu yerda yura davriga mansubligini aniqladi. Farg’ona vodiysida neft konlari bilan birga rudali foydali qazilmalar ham mavjudligi haqida fikr bildirdi. Romanovskiyning O’rta Osiyo geologiyasiga tegishli tadqiqotlari «Turkistonning geologiyasiga oid materiallar» asarida yoritilgan.