RO’MOL
RO’MOL — ayollar bosh kiyimi; boshga o’raladigan to’rtburchak shaklidagi mato. Jun, ip, ipak, sun’iy tolalardan to’qib, matolardan tikib tayyorlanadi, Doka Ro’mol, shol Ro’mol, g’ijim Ro’mol, tivit Ro’mol va boshqa xillari bor. Amaliy bezak san’atida murabba shakldagi matoga ip, ipakda kashta tikib ham tayyorlanadi; O’rta Osiyo xalqlari orasida, shuningdek, katta Ro’mol ichidan o’raladigan peshanaband turi ham mavjud.