Roza

Roza (lotincha Rosa — atirgul) — aylana shaklidagi deraza. Roman uslubi va gotika me’morligidagi qurilishlarda ko’p qo’llanilgan (12-15-asrlar). Rozada romlar nur taratayotgan quyosh yoki atirgulga o’xshatib ishlangan. Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasiga ishlangan Roza hajmi — 12,9 metr. O’zbekistonda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yevropacha tipdagi binolarda Roza ishlatilgan.