Roza
Roza (lotincha Rosa — atirgul) — aylana shaklidagi deraza. Roman uslubi va gotika me’morligidagi qurilishlarda ko’p qo’llanilgan (12-15-asrlar). Rozada romlar nur taratayotgan quyosh yoki atirgulga o’xshatib ishlangan. Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasiga ishlangan Roza hajmi — 12,9 metr. O’zbekistonda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yevropacha tipdagi binolarda Roza ishlatilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Rozen Viktor Romanovich
- Rozenblyum Leonid Moiseyevich
- Roziqov Bahodir Roziqovich
- Roziy
- Rozmarin
- Rozmarin, oq rozmarin
- Rozo
- Rtveladze Edvard Vasilevich





