Rozen Viktor Romanovich

Rozen Viktor Romanovich [1849. 21.2(5.3), Tallin — 1908.10 (23) 1, Peterburg] — rus sharqshunosi, arabshunos. Rossiyada ilmiy sharqshunoslikning yangi maktabi asoschilaridan. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1890). Peterburg universiteti Sharq tillari fakultetini tugatgan (1870). 1872 yildan shu ftda privatdotsent, keyinchalik professor (1893-1902 yillardan dekan). 1885 yildan rus arxeologiya jamiyatining Sharq bo’limiga boshchilik qilgan. «Zapiski Vostochnogo otdeleniya russkogo arxeologicheskogo obtshestvo» («rus arxeologiya jamiyati Sharq bo’limining axborotnomasi») jurnaliga asos solgan (1896). Rozen Arab mamlakatlari xalqlarining ma’naviy madaniyatini (badiiy va ilmiy adabiyotlarni) tadqiq qilishda mamlakatlarning siyosiy tarixiga ham e’tibor bergan; tarixiy manbalarni tadqiq etish va tanqidiy matnlarni tayyorlashda hoz. zamon usullarini joriy etgan. Asosan, Arab she’riyati, shuningdek, Sharkdagi musulmon va xristianlarning tarixi va madaniyati tarixiga oid asarlar yozgan. Rozenning bir necha yirik asarlari Arab va fors qo’lyozmalarini o’rganishga va tavsiflashga bag’ishlangan. Ad.: Pamyati Akademika V.R.Rozena, M.— L., 1947; Krachkovskiy I.Yu., Soch., t. 5, M.L., 1958.