Rok

Rok — 1) Shashmaqom tarkibidagi Buzruk maqomi ashula bo’limining ikkinchi guruh sho»balaridan biri. Rokning 5 ta shoxobchasi bulib, ular «Rok», «Mustahzodi Rok», «Qashqarchai Rok», «Soqiynomai Rok» va «Ufari Rok» deb ataladi. Bular o’z tuzilishi jihatidan boshqa 2-guruh sho’balaridan farq qiladi. Uning «Rok» qismi murakkab Chapandoz usulida, 2 qismi talqin doira usulida, 3 qismi Qashqarcha usulining o’zgargan shaklida, keyingi qismlari soqiynoma va Ufar doira usullarida ijro etiladi. Rokning 1 va 2 qismlarida Uzzol namudi avj sifatida qo’llanilgan. Rok yengil va sho’x yangraydi. Rok sho’basi surnayda ham chalinib, «Shodiyona» deb ataluvchi kuylar turkumining bir qismini tashkil etadi; 2) uyg’ur muqomlaridan biri. Uning ohanglari Shashmaqomdagi Rokdan butunlay farq qiladi.