ADILOV AG’ITAY

ADILOV AG’ITAY (1941.10.2, Taxtako’pir tumani) — qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi novatori, usta dehqon, O’zbekiston qahramoni (2005). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi (1992), Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan iqtisodchi (1976). Toshkent xalq xo’jaligi institutini bitirgan. Taxtako’pir tumani «Qo’ng’irotko’l» davlat xo’jaligida bosh hisobchi (1970-76), «Taxtako’pir» davlat xo’jaligi direktori (1977-93), 1993 yildan «Taxtako’pir» shirkat xo’jaligi raisi. Adilov Ag’itay rahbarlik qilgan yillarda xo’jalik respublikada rentabelligi yuqori, iqtisodiy baquvvat xo’jaliklardan biriga aylandi, xo’jalikning mashina-traktor parki eng zamonaviy texnika bilan ta’minlandi, sholi, bug’doy, paxtadan yuqori hosil etishtirishga erishdi, ijtimoiy-madaniy markazlar, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, un, guruch ssxlari, g’isht zavodi va boshqalar qurildi. Adilov 12-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1990-94), 1-chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005 yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, 3-chaqiriq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deputati. «Shuhrat» medali (1998), «el-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).