Rudakov Grigoriy Mixaylovich

Rudakov Grigoriy Mixaylovich (1925.25.9, Qarshi -1991.21.1, Toshkent) — muhandis-mexanik, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1975), VASXNIL akademik (1972), professor (1970). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan mexanizator (1964). Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan (1950). O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya rahbari, bo’lim mudiri, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1953-72 va 1975 dan); VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi akademik kotibi (1972-75). Ilmiy ishlari yangi qishloq xo’jalik mashinalarini yaratish va joriy qilish, tuproqni ishlash texnologiyasi, o’g’it va gerbitsidlarni qo’llash, paxtachilikda mashinalar sistemasini ishlab chiqish va prognozlash masalalariga bag’ishlangan. As: mexanizasiya xlopkovodstva, M., 1975; Zonalnaya sistema mashin dlya kompleksnoy mexanizasii rastenievodstva v Sredneaziatskom Regione, kn. 1-2, T., 1982.