Rudolf oroli, Rudolf yeri

Rudolf oroli, Rudolf yeri — Frans Iosif eri arxipelagidagi eng shimoliy orol (Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati tarkibida). Asosan, qumtosh va bazaltdan tarkib topgan. Maydoni 297 km2ga yaqin. Deyarli butunlay muz bilan qoplanib yotadi. 1936 yildan qutb stantsiyasi bor. Tadqiqotchi Yu. Payer tomonidan Avstriya valiahdi nomiga qo’yilgan. Bir necha bor shimoliy qutbga boruvchi ekspeditsiyalarning bazasi sifatida foydalanilgan.