Rustoq

Rustoq (forscha — qishloq) — O’rta Osiyo, Eron va qisman Arab mamlakatlarida qo’llanilgan tarixiy-geografik tushuncha. Qishloq, shahar, ovul, bozor, o’zlashtirilgan o’lka, o’troq aholi yashaydigan joy, ekin maydoni, obodonlashtirilgan shahar kabi ma’nolarga ega. O’rta Osiyo va Eron mo’g’ullar tomonidan istilo etilgach, Rustoq o’rniga «tuman» atamasi qo’llanila boshlagan.