Safarov Ruben Akopovich

Safarov Ruben Akopovich (1930.16.1, Andijon sh.) — huquqshunos, yozuvchi. O’zbekiston FA akad. (2000), ta- rix fanlari D-ri (1982), prof. (1983). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1980). Moskva yuridik in-tini tugatgan (1953). «Andijanskaya Pravda» viloyat gaz.da adabiy xodim, bo’lim mu- diri, muharrir o’rinbosari (1953— 64), muharrir (1964-72). O’zbekiston KP MK targ’ibottashviqot bo’limi Mudi- ri o’rinbosari (1972— 79), O’zbekiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat qo’mitasi (keyinchalik Davlat matbuot qo’mitasi) raisining o’rinbosari (1979-88), «Pravda vos- toka» gaz. bosh muharriri (1988— 96), «O’zqishloqmashxolding» kompaniyasi- ning ish boshqaruvchisi (1996 y.dan). S. badiiy ijod b-n shug’ullanib, «Usta va Amir» (1985), «ustaning taqdiri» (1987), «podshoh munajjim» (1994), «yo’qotilgan umidlar» (1997) kabi tarixiy romanlar, bir qancha qissalar yaratgan. Safarov Firudin Sattor o’g’li (1933. 1.8, Boku) — opera rejissyori. O’zbekiston xalq artisti (1986). Ozarbayjon davlat konserva- toriyasini (1957), Leningrad davlat konservatoriyasini (1968) tugatgan. 1953-64 y.lar Ozarbayjon simfonik orkestrida ishlagan. Ozarbayjonning birinchi professional opera rej.i. S. keng diapazonli rej. bo’lib, asarning g’oyaviy-badiiy mazmuniga chuqur kirish, yorqin sahna tili va yuqori sahna mada- niyati b-n ajralib turadi. 196977 y.lar M.F. Oxundov nomidagi Ozarbayjon davlat opera va balet teatrida, 1977— 86 y.lar Navoiy teatrining bosh rej.i, 1986 y.dan postanovkachirej. «Layli va Majnun», «Go’ro’g’li», «Pyotr I», «FA- ust», «sadoqat», «qarg’a motkasi», «ot- ELLO», «Maysaraning ishi», «hayotbaxsh o’lim»,»SayatNova», «bo’ron», «Iolanta», «Ona yuragi», «Xiva ordeni» kabi opera- larni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1981). «Mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (2003).