Sahna nutqi
Sahna nutqi – teatrda badiiy ob- raz yaratish, qahramon xatti-harakatlari, histuyg’ularini tomoshabinga etkazish- da asosiy ifoda vositalaridan biri. S.n. texnikasi aktyorlik mahoratining muhim unsurlaridan bo’lib, unda aktyor ovozining yoqimliligi, jarangdorligi, talaffuzining to’g’ri va anikligiga amal qilgan holda, turli davr, turli kasb ki- shilarining til xususiyatlarini, xarak- terlarning ijtimoiypsixologik, mil- liy, maishiy xislatlarini ifodalay- Di. S.n.ning talaffuzi va ohangi ijro etilayotgan asarning janri va uslubiga bog’liq. Teatr taraqqiyoti tarixida turli aktyorlik maktablari va yo’nalishlarida S.n. uslubi va xususiyatlari qam o’zgarib, rivojlanib kelgan. O’zbekistonda o’tmishda xalq aktyorla- rimasxaralar, muqallidlar, qissago’ylar, voizlar, maddoxlar; qo’g’irchoq teatri ustalari aksariyat hollarda ochiq may- donlarda tomosha ko’rsatganlari sababli harakatlari kabi nutqlari ham baland ovozda, bo’rttirilgan bo’lgan. Har joy- da o’z shevalarida faoliyat ko’rsatishgan. Yangi shakldagi o’zbek professional te- atri 20-a. avvalidan e’tiboran yozma drama asosida, bino ichida, maxsus sahnalarda tomosha ko’rsatilar ekan, S.n.ning dramaturg matni, voqealari obrazlariga mos bosiq jaranglashi, xa- rakterlarni psixologik jihatdan asos- lanishiga e’tibor berildi. Milliy tea- trimiz shakllanishi davrida (1916-27) rej. Mannon Uyg’ur aktyorlar ijodida yagonaadabiy tilni o’rnatish uchun kurash olib bordi. Obraz xarakteri talab kil- gan o’rinlardagina sheva va laxjalardan foydalanish mumkin. Milliy teatrning S.n sohasidagi tajribasi uning keying rivojlanish bosqichlaridan davom etti- rilgan va b. teatr truppalari tomonidan o’zlashtirilgan. San’at institutiaya fan sifatida o’qitiladi. «Sahna nutqi» ka- fedrasi bor. Muhsin Qodirov.