Sahroi Kabir
Sahroi Kabir (Arab. Katta cho’l) — Er yuzidagi eng katta tropik cho’l. Af- Rikaning shim.da. Mayd. 7 mln. km2 dan ziyod (Afrika hududining 25%). G’arbdan sharqqa 5700 km ga cho’zilgan, eni 2000 km gacha. S.K.da Marokash, Tunis, jazo- ir. Liviya, Misr, G’arbiy Sahroi Kabir, Mavritaniya, Mali, Niger, Chad, Sudan davlatlari to’liq va qisman joylashgan. Er yuzasining 80% tekislikdan ibo- rat bo’lib, bal. 200-500 m. Sharqiy va shim. qismida berk xavzalar bor, ba’zi- larining er yuzasi dengiz sathidan ancha past, mas, kattara (-133 m), Alfayyum va b. Markazida Axajjar (eng baland joyi Taxat cho’qqisi, 3003 m) va Tibasti (eng baland joyi 3415 m, S.K.da eng ba- Land) vulkanik massivlar joylashgan. S.K.ning landshafti juda xilmaxil. Hududining 70% toshloqli cho’l, per, se- rir, qumli cho’l (erg) va sho’rxoklar b-n band, tog’li erlar ham chaqirtoshlardan iborat. Cho’lning shim. va shim.Sharqiy qismida qum uyumlari shamolda ko’chib yuradi. Katta maydonlarni kserofit o’simliklar ildizi b-n mustahkamlangan jo’yakli kum uyumlari (bal. 200-300 m) egallagan. S.K. geologik jihatdan Afrikaara- biston platformasining shim.karbiy qismidir. Uning kembriygacha bo’lgan zamini tomik qismida va Nubiyaarabi- ston qalqonining g’arbiy chekkasida er yuziga chiqib qolgan. Boshqa joylarida qad. jinslar ustini dengiz yotqiziklari qoplagan. Foydali qazilmalardan neft va gaz, temir va mis rudalari, oltin, volfram, uran konlari bor. S.K.ning katta qismida tropik, quruq va issiq, shim.da subtropik iqlim. Hududining aksari qismida yil davo- mida shim.Sharqiy passat shamollari esib turadi. Muzlanish davrida S.K.da iqlim sernamroq bo’lgan. S.K.ning sohil qismidan boshqa joylarida havo quruq. Yog’in cho’lning shim. da, asosan, qishda, Jan.da yozda yog’adi. Yillik yog’in S.K.ning tekislik qismida 50 mm dan, tog’liklarda 100 mm dan kam, chekkalarida 100-200 mm. Ichki r-nlarda yillab yog’in yog’maydi, lekin ayrim vaqtlarda tog’larda jala yog’ib sel keladi. Ahajjar va Tibasti tog’liklarining tepalarida qishda qisqa muddat qor yog’adi. Havoning sutkali va yillik t-rasi farqi katta. Ayrim joy- larda tra 56-58° ga etadi. Iyul oyi- ning o’rtacha t-rasi 37,2°, yanv.niki 10°. Kishda hamma qismida kechasi tuproq muzlaydi. Eng past tra (-18°) Tibasti tog’ida kuzatilgan. Yilning salqin oy- larida kuchli shamol (tezligi 50 m/sek. gacha) esib chang va qum bo’ronlari (samum) bo’ladi. S.K.da oqar suvlar kam. Cho’lni kesib o’tuvchi eng yirik Daryo — Nil. Ba’zan kuchli yomg’ir yoqqandan so’ng quruq o’zanlar qisqa muddat suvga to’ladi. Tog’larda suvi juda minerallashgan kichik qoldiq ko’llar uchraydi. S.K. er osti suvlariga boy. Buloq va quduklar atrofida vohalar vujudga kelgan. Cho’lning shim.da er osti suvlari er yuziga yaqin, artezian qudug’I ko’p. Tuprog’i S.K.ning aksari qismida tro- pik cho’l va chala cho’lga xos oddiy tuproq. Ohakgipsli qatlamlari ko’p uchraydi. S.K. o’simliklari Golarktika flora ob- lastiga mansub. Yuksak o’simliklarning 1200 turi mavjud. O’simliklarining aksari qurg’oqchilikka chidamli boshokli o’tlar va butazorlardan iborat. Yomg’irdan keyin efemerlar usadi. S.K.da o’simlik juda siyrak, kattagina maydonlarda esa umuman o’simlik o’smaydi. S.K.ning shim. qismida O’rta dengiz atrofiga xos o’simliklar, Jan.da esa akasiya, yulg’un, chakanda va b. o’sadi. Tog’li erlarda qad. o’simlik vakillari uchraydi, endemic turlari ham ko’p. Cho’ddagi vohalarda va Nil vodiysida xurmo, anjir, zaytun va mevali daraxtlar, tsitrus o’simliklar o’stiriladi, sabzavot etishtiriladi. Hayvonot dunyosi Golarktika va Efiopiya zoogerografik oblastlariga mansub, 4000 tur hayvon yashaydi. Jami hayvon turlarining 40% faqat Afrika- da uchraydi, lekin S.K. uchun endemikla- ri 10-12% dan oshmaydi. Sut emizuvchi- larning 60 turi ma’lum. Hayvonlarning aksari qismi tungi hayot kechiradi. S.K. aholi eng siyrak joylardan. Uning Nil vodiysi va deltasidan tashqari qismida aholi juda kam. Aholi doimiy yashamaydigan joylar b-n bir qatorda 1 km2 ga 1000 kishi to’g’ri kela- digan joylar ham bor. Aholining etnik tarkibi ham xilmaxil. S.K. aholisi qadimdan ko’chmanchi chorvachilik, foy- Dali yovvoyi o’simlik va mevalarni te- rish, vohalarda dehqonchilik qilish b-n shug’ullanadi. Asosan, xurmo o’stiriladi, donli ekinlar va sabzavot ham etishti- riladi. Qo’y, echki va tuya boqiladi. Cho’l Jan.da yirik neft va gaz konlari- ning topilishi va ishga tushirilishi S.K.ning iqtisodiy ahamiyatini tubdan o’zgartirib yubordi. Dunyoda neft qazib chiqariladigan yirik r-nlardan biriga aylandi. S.K.ning ichki r-nlaridan xom ashyoni tashib chiqish uchun avtomobil yo’llari qurilgan.