SAIDXO’JAYEV SAIDOQIL SAIDXONOVICH

SAIDXO’JAYEV SAIDOQIL SAIDXONOVICH (1894.5.1 – Toshkent -1968.10.12) -birinchi o’zbek energetik muhandisi. Texnika fanlari nomzodi (1943). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan quruvchi (1964). Toshkentdagi rus tuzem maktabida o’qigan (1904-06). Moskvadagi Plexanov nomidagi Xalq xo’jaligi institutini tugatgan (1927). O’rta Osiyoni elektrlashtirishga katta hissa qo’shgan. Bo’rjar va Oqtepa GESlari qurilishiga boshchilik qilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlagan (1951 yildan).