Sakkokiy

Sakkokiy (15-a.) shoir. Ismi, tug’ilgan va vafot etgan yillari noma’- lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405- 09) va Ulug’bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy S. ijodiga yuksak baho bergan: «turkiy al- fozining bulag’osindin Mavlono Sakko- kiy ham Lutfiylarkim, birining Shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag’oyat va birining latif g’azaliyotining inti- shori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur» («Xutbai davovin»), S. xalqining boy og’zaki ijodini, salaflari asarlarini puxta o’rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko’p ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzutilaklarini, dar- dalamlarini, tabiat go’zalliklarini tasvirlagan. G’azallarida ma’no va shakl birligini saqlab, so’z o’yinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodon- likka qarshi adolatparvarlik g’oyalari ilgari surilgan. Bunday g’oyalar S.ning qasidalarida ochiqroq namoyon bo’lgan. S. o’zbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Xoja Muhammad Porso, Xalil Sulton, Ulug’bek va Arslon Xoja Tarxonlarga bag’ishlab qasidalar yozgan. Qasidalaridan birida Ulug’bekni xalqning mehribon hukmdori, ma’rifat- parvar va buyuk olim sifatida ulug’laydi. Shunday ma’rifatparvar podshoh b-n za- ondosh bo’lganidan faxrlanadi va: Falak yillar kerak sayr etsayu kel- tirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi, degan misrlarini yozgan. S.ning adabiy faoliyati zamondosh- lari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navo- iy ijodiga ham katta ta’sir ko’rsatgan; o’zbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Shoir g’azallari va qasidalari devon qilib to’plangan bo’lsada, to’liq nusxasi biz- gacha etib kelmagan. S. devoni Londonda, Britaniya muzeyida va O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida (inv. № 7685) saqlanadi. As: tanlangan asarlar, T., 1960. Ad.: Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka, M., 1963; Mal- laev N., O’zbek adabiyoti tarixi, 1kitob, 2nashr, T., 1976; Ma’naviyat yulduzlari, T., 2001.