Salair burmalanishi

Salair burmalanishi – kem- briy sistemasining o’rtasidan oxiriga- cha bo’lgan vaqt mobaynidagi burmalanish, tektonik harakatlar va magmatizmning umumiy faollashgan davri. Sibirdagi Salair kryaji hududida bo’lgan kuzatish- lar natijasida rus geologi M.A.Usov tomonidan ajratilgan (1936). SB. Ol- toysayan tog’li o’lkasida, Mongoliya shim. va Baykalortida keng namoyon bo’lgan. Ne- mis geologi X. Shtille Evropada S.b.ga o’xshash burmalanish davrini ajratgan (Pirenei ya.o.da, Frantsiya shim.g’arbida va b.). Bundan tashqari, S.b. Antarktida- da (Transantarktika tog’larining «Ross» burmalanishi), Avstraliyaning Jan. g’arbida juda faol bo’lgan. Tektonik-mag- matik faollik Afrika-Arabiston plat- formasining Liviya-Nigeriya va ara- biston-Mozambik mintaqalarida, Jan. Amerika platformasining g’arbida, Hindiston platformasining Jan. da (jumladan, Shri Lanka va Madagaskar o.larida) kuzatiladi.