Salavat Yulaev
Salavat Yulaev (1752.5.6, Te- keevo qishlog’i, hoz. Boshqirdiston re- spublikasi, Salavat r-ni — 1800.26.9, Rogervik, hoz. Paldiski sh., Esto- niya) — boshqird xalqining milliy qahramoni, badihago’y shoir. Dehqonlar urushi qatnashchisi (1773-75). E. Pu- gachyov safdoshi. Volost oqsoqolining o’g’li. 1773 y.ning kuzida Pugachyovga qarshi kurashga yuborilgan. Pekin, Syu. 2 minglik otryadi b-n qo’zg’olonchilarga qo’shilgan. O’zini iqtidorli tashkilotchi va sarkarda ekanligini namoyon qilgan. 1773 y.ning oxirida Boshqirdistonning shim.sharqida 10 minglik otryad to’plab Krasnoufimsk va kungur r-nlarida qator muvaffaqiyatli janglar o’tkazgan. 1774 y. noyabda asir olingan. 1775 y. sent. da otasi (dehqonlar urushi qatnashchisi) b-n birgalikda Boltiqbo’yidagi Roger- Vik qal’asiga umrbod katorgaga hukm qilingan. S.Yu. poeziyasi boshkird og’zaki she’riyatining eng yaxshi namuna- laridan sanaladi. Boshqirdistondagi r-n, shaharga nomi berilgan va Davlat mukofoti ta’sis etilgan.