Salavkiylar davlati

Salavkiylar davlati – yaqin va O’rta Sharkdagi yirik davlat (mil. AV. 312-64). Aleksandr tuzgan saltanat ta- nazzulga uchragach paydo bo’lgan. Asoschisi Salavk I. Poytaxtlari — Dajla daryosi bo’yidagi Salavkiya (300 y.gacha), 300 y.dan — Oront daryosi bo’yidagi Antioxiya bo’lgan. Davlatning nomi hukmronlik qilgan sulola nomidan olingan. Ba’- zan, asosiy hududining nomi b-n Suriya podsholigi deb ham yuritilgan. Salavk I Midiya, Suziana, Forsiya (Persida) keyinchalik O’rta Osiyoning Jan. — Baktriyanp bosib olgan. Mil. AV. 301 y. Mesopotamiya va Suriya, mil. AV. 281 y. Kichik Osiyo ham S.D.ga qo’shib olingan. S.D. hududidan o’tgan savdo yo’llari (Ki- chik Osiyo va Suriyani Arabiston, Fors qo’ltig’i, O’rta Osiyo, Hindiston va Xi- toy b-n bog’lagan) ichki va tranzit savdo- ning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab bo’ldi. Salavk I mil. AV. 293 y.da o’g’li Antiox I ni O’rta Osiyo erlariga hokim etib tayinlaydi. O’rta Osiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari sa- lavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi b-n bog’liq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davri- ga oid tangalar Termiz, taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan to- pilgan. S.D. markazidan chetda bo’lishiga qaramay, O’rta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi bo’lib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. O’rta Osiyo bo’ylab o’tgan savdo yo’llari bo’yida shaharlar va qishloklar qurdirilgani be- jiz emas. Ma’muriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20-30 ta dan 72 tagacha satrapiya bo’lganligi haqida ma’lumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — epar- xiya, gipparxiya, tonarxiyalarga bo’lingan. Yunon hokimlari va ular atrofida to’plangan yunon zodagonlar b-n birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, avvalo, O’rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil AV. 3-a.ning o’rtalariga kelib S.D.da hokimiyat uchun o’zaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa O’rta Osiyoda Salavkiy- lar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. AV. 250 y.da S.D.dan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi. Butun dav- lat inqirozga yuz tutib mil. AV. 64 y. faqat hoz. Suriya hududidan iborat bo’lib qoldi va o’sha yili Rim provintsi- yasiga aylantirildi. O’rta Osiyoning S.D tarkibiga kirgan davri, yunonmakedon yurishlari paytida vayron bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, sug’diylar, parfiyali- klarning bosqinchilarga qarshi birla- shuv davri bo’lib qoldi.