Salor tili

Salor tili — turkiy tillar- dan biri. XXRning bir qator g’arbiy viloyatlarida, asosan, TSinxay viloya- tining SyunxuaSalor Muxtor uezdida tarkalgan. So’zlashuvchilar soni 22 ming kishidan ortiq. Dialektal jihatdan bo’linishi deyarli sezilmaydi; garbiy, Sharqiy va oraliq sheva guruhlari Far- klanadi. Tarkibidagi anchagina qad. un- surlar st.ni turkiy tillarning qipchoq guruhi b-n aloqadorligini ko’rsatadi. Qad. o’g’uz qatlami b-n qipchoq unsurlari qatlami qo’shilishi natijasida S.t.da jo’nalish kelishigi affikslari ikkiga tarmoqlanib (a/e, g’a/ga), qaratqich va tu- shum kelishiklari esa bir shaklga (ni) birlashadi, o’tgan zamon fe’li g’an va mish shakllariga ega bo’ladi. Bunday Pa- rallelliklar leksikada ham uchraydi. 14-a. da salorlar Xitoyga ko’chganlaridan keyin S.t.ga qipchoq tillarining ta’si- ri to’xtab, boshqa tizimdagi tillarining (Xitoy, Tibet) ta’siri boshlanadi. S.t.da 15 — 17-a.larga mansub diniy va tari- xiy mazmundagi asarlar (Arab grafika- sida) saqlanib qolgan. Hoz. St. oddiy so’zlashuv tili hisoblanadi.